Putin va Merkel o‘rtasida 3 soat davom etgan muzokaralar yakunlandi. Undagi eng asosiy masalalar

 Putin va Merkel o‘rtasida 3 soat davom etgan muzokaralar yakunlandi. Undagi eng asosiy masalalar

Germaniya Kansleri Angela Merkel muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga yetib keldi.

Uni Vladimir Putin "Guten tag" deya gullar bilan kutib oldi. O‘z navbatida Merkel "Dobriy den" jumlasi bilan ta’zim qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel bugun Moskvada muzokara o‘tkazadi. Bu ularning koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi. Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, ular turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, bir qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qiladi.

Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayevning aytishicha, uchrashuv har doimgidek ajoyib tarzda o‘tgan. Uchrashuvdan so‘ng tomonlar jurnalistlar savollariga javob berdi.

Quyida Putinning javoblarini taqdim etamiz:

— Afg‘oniston mavzusi bugungi muzokaralarning ustuvor mavzusi bo‘ldi. Eng muhimi, boshqa mamlakatlarga Afg‘onistondan qochoq ko‘rinishida terrorchilar suqilib kirishining oldini olish;

— Merkel Belorus mavzusini tilga oldi. Belorusdagi vaziyat tashqi aralashuvlarsiz hal etilishi zarur;

— Navalniy siyosiy faoliyati uchun emas, qonunbuzarligi sababli javobgarlikka tortilgan. O‘z qilmishlarini siyosiy faoliyat ortiga yashirish hech kimga yarashmaydi;

— Korrupsiyaga qarshi kurash albatta juda muhim, ammo bundan siyosiy kurash vositasi sifatida foydalanmaslik kerak;

Rossiya Angela Merkeldan Minsk kelishuvlari doirasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun Kiyevga ta’sir o‘tkazishini so‘raydi;

— AQShning Afg‘onistondagi operasiyasini muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi;

Rossiya Federasiyasi va Germaniya Federativ Respublikasi yadro kelishuvi borasidagi harakatlar davom etishiga umid bildiradi;

— "Shimoliy oqim — 2" ning qurilish ishlari yakunlanmoqda, dengiz ostidan o‘tadigan 15 km qoldi xolos;

— Biz Merkelni ishontirib aytamiz-ki, Rossiya Ukrainaga gaz tranziti masalasidagi majburiyatlarini kansler lavozimini tark etganidan so‘ng ham bajarishda davom etadi;

Rossiya 2024 yildan so‘ng ham Ukrainaga gaz yetkazib berishga tayyor, ammo ular qancha sotib olmoqchiligini bilishimiz kerak. Ukraina orqali gaz tranziti shartnomaga va GTSlarning holatiga bog‘liq;

— "Shimoliy oqim — 2" bo‘yicha tranzit harajatlari Ukraina hududi orqali yetkazib berishdan karrasiga arzonroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!