Putin va Lukashenkoning uchrashuvi qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Putin va Lukashenkoning uchrashuvi qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning uchrashuvi joriy yil 22 fevral kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, muzokaralar chog‘ida Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama qilinadi. 

Matbuot xizmatining xabar berishicha, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarga, shuningdek, Ittifoq davlati doirasidagi integrasiya jarayonlarini ilgari surishga e’tibor qaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!