Putin va Lukashenkoning muzokarasi 5 yarim soat davom etdi

Putin va Lukashenkoning muzokarasi 5 yarim soat davom etdi

Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokara 5,5 soatdan so‘ng nihoyasiga yetdi.

Xabar qilinishicha, ular o‘rtasidagi uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 15.25 (Toshkent vaqti bilan 17.25)da boshlangan va 21.00 (23.00)da yakuniga yetgan.

Tomonlar integrasiya bo‘yicha yo‘l xaritasini, davlatlararo investisiya loyihalari va gaz masalasini muhokama qilishlari rejalashtirilgandi.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarus teng sharoitlardagi integrasiyani xohlayotganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!