Putin va Aliyev turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali suhbatlashib, iqtisodiy, savdo va gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, telefon suhbati Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
«7 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi.
Suhbat davomida davlat rahbarlari iqtisodiy, savdo va gumanitar hamkorlikning qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar turli darajalardagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga kelishib oldilar», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?
Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавфсизлик алоқаларини кучайтиряпти.
Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi
Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.
