Putin ustidan sudga shikoyat tushdi. U qabul qilinadimi?

Putin ustidan sudga shikoyat tushdi. U qabul qilinadimi?

Rossiyalik muxolif Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi (KQKJ) Moskvaning Tver tuman sudiga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ustidan shikoyat qildi.

Navalniyning jamg‘armasi tashkilotga va uning a’zolariga nisbatan ochilgan jinoiy va ma’muriy ishlardan keyin ham Prezidentning harakatsiz qolishini noqonuniy deb topishni so‘rayapti. Shuningdek, da’vogar Putinni taqib qilish kampaniyasi tashkilotchiligida ayblayapti,deydi "qalampir.uz". 

“U Konstitusiyaning kafolati bo‘la turib, “KQKJ ishi” bo‘yicha konstitusion normalarning tizimli ravishda qo‘pol tarzda buzilishiga ko‘z yumib kelyapti. Biz ta’qibning bunday keng ko‘lamli ekanini inobatga olib, Vladimir Vladimirovich Putinni jinoiy ta’qibni uyushtirishda aybdor deb topishni talaba qilamiz”, dedi Aleksey Navalniy.

KQKJning o‘zi va 14 nafar a’zosi da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. Da’vo Tver sudidagi elektron kartotekaga hozircha kiritilmagan.

Navalniyning xabariga da’vogarlarning suddan talabi ham ko‘rsatilgan:

Konstitusiya kafolati hisoblangan Vladimir Putinning harakatsizligini qonunga hilof deb topish;

Prezidentni da’vogarlarning konstitusion huquqidan foydalanishga qarshilik qilishini noqonuniy deb topish;

Janob Putinga da’vogarlarning konstitusion huquqlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishni yuklash.

Kreml vakili, Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov da’voga quyidagicha izoh berdi:

“Hujjatlar sudga berilgan. Da’voning ko‘rib chiqish uchun qabul qilib, qilinmasligini kutamiz. Agar da’vo asosli bo‘lsa va qabul qilinsa, keyin yuristlar uni ko‘rib chiqadi. Hozir hech nima deya olmayman.”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!