Putin Ukrainada yutqazmoqda hamda Gruziya va Armanistonni bosib olishi mumkin — Mixail Saakashvili.
Tbilisidagi qamoqxonada saqlanayotgan Gruziyaning sobiq prezidenti Deutsche Welle nashri savollariga yozma ravishda javob berdi.
"Putin Ukrainada yutqazmoqda va ishonchim komilki, u to‘liq nazoratni o‘rnatish uchun parallel ravishda Belarus, Gruziya va Armaniston tomon ekspansiyani boshlaydi", — deb yozgan Mixail Saakashvili.
U Rossiya prezidenti Gruziyaning sobiq bosh vaziri va yirik tadbirkor Bidzina Ivanishviliga bosib olingan Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlatlar sifatida tan olish "talabini allaqachon qo‘yganini" ko‘rsatib o‘tdi.
"Mening fikrimcha, bu Tbilisining to‘liq egallanishiga aylanib ketadi. Ivanishvili Rossiyaning talabi bilan Gruziya qurolli kuchlarini amalda yo‘q qildi. Iqtisodiyot 99 foizga Rossiyaga bog‘liq. Gruziyaning unga yordam bera oladigan do‘stlari qolmadi. Shu bois to‘liq nazorat o‘rnatilishi faqat vaqt masalasidir.
Shu bilan bir vaqtda Putin Armanistonni ham egallashga harakat qiladi, chunki u Pashinyanni mensimaydi va u yerdagi qudratli "beshinchi kolonna"ga (ichki sotqinlarga) tayanishi mumkin. Armanistonni esa Gruziyani nazorat qilmasdan turib egallab bo‘lmaydi", — deya ta’kidladi Saakashvili.
Bundan tashqari, qamoqdagi gruzin siyosatchisi AQSh prezidenti Donald Trampning harakatlaridan "mamnun" ekanini ma’lum qildi.
"Bilaman, ko‘plab ukrainaliklarga ushbu bayonotlar unchalik yoqmaydi, lekin Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga, Rossiyaga qarshi Yevropaning 21-sanksiyalar paketidan ancha samaraliroq bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarga qarang, amerikaliklar Moskvani Kavkazdan qanday siqib chiqarayotganiga e’tibor bering va Ronald Reygan davridan beri biron bir AQSh prezidenti Rossiyaga nisbatan bunchalik qattiqqo‘l bo‘lmaganini tushunib yetasiz",
— deydi Saakashvili.
U, shuningdek, Ukraina Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishiga ishonch bildirdi, biroq bu "oson bo‘lmagan jarayon" bo‘lishini ta’kidladi.
"Men korrupsiyani yomon ko‘raman, lekin uni Ukrainaning a’zo bo‘lishi yo‘lidagi asosiy to‘siq deb hisoblamayman. Aslida Ruminiya va Bolgariya YEIga kirayotganda yanada korrupsiyalashgan edi, masalan, Chernogoriya Kiyevga qaraganda sezilarli darajada korrupsiyalashgan, lekin shu bilan birga a’zolikka juda yaqin turibdi", — deb bayonot berdi Saakashvili.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.
Бугун, 5 август куни Ўзбекистон футбол ассоциацияси (ЎФА) мажлислар залида миллий терма жамоа бош мураббийи Фабио Қаннаваро иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.
Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.
Латвия Миллий Қуролли кучлари штаби офицери Янис Слайдинш Россия ва Беларус президентларидан ҳам худди Венесуэла ва Эрон раҳбарларидек "қутулиш" кераклигини маълум қилди.
Қорақалпоғистонда фермер хўжалигидан газ учун асоссиз ундирилган 96 млн сўмдан ортиқ маблағ қайтарилди. Ўрганишларда газ сарфини аниқлашда асосий қурилма ўрнига юқорироқ кўрсаткич қайд этган иккинчи ҳисоблагич маълумотларидан фойдаланилгани аниқланди.
Ҳароратнинг бор-йўғи 1 даражага кўтарилиши матча чойи ҳосилига ва унинг ўзига хос таъмига жиддий хавф туғдирмоқда. Натижада чой тобора тахирлашиб, нархи сезиларли даражада ошиши мумкин.
Испания Ички ишлар вазири Фернандо Гранде-Марласка Сеута анклавига кирган 72 минг нафар муҳожирдан 70 минг нафари аллақачон Марокашга қайтарилганини маълум қилди.
Фернандес Магалён автомобил ўғирлаш, товламачилик ва наркотик савдосида ҳам айбланмоқда. Унга нисбатан АҚШ Миллий хавфсизлик бошқармаси ҳам тергов олиб бормоқда.