Putin sentyabrda Samarqanddagi SHHT sammitiga keladi

Putin sentyabrda Samarqanddagi SHHT sammitiga keladi

Rossiya prezidenti Samarqand shahrida o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkilotining 27-sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Ushakov Rossiya prezidentdining yaqin vaqtlarda rasmiy tadbirlarda ishtiroki haqida ma’lumot bergan. Unda Putin sentyabr oyida SHHT sammitida ishtirok etishi aytilgan. Tashkilotning 27-sammiti 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Ushakovga ko‘ra, Rossiya prezidentining AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashish rejasi yo‘q, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan esa uchrashuv rad etilmagan, lekin kerakli tayyorgarlik talab qiladi.

Ma’lumot uchun, SHHT sammiti ilk marta Samarqandda o‘tkaziladi. Bungacha O‘zbekiston mezbon bo‘lgan sammitlarni uch marta Toshkent shahri qabul qilgan. O‘zbekiston oxirgi marta 2016 yil SHHT sammitiga mezbon bo‘lgandi. Samarqand tashkilot sammitiga mezbonlik qiladigan 15-shahar bo‘ladi.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!