Putin: Rossiya o‘zining jangovar qobiliyatini mustahkamlashda va kuchayishda davom etadi

Putin: Rossiya o‘zining jangovar qobiliyatini mustahkamlashda va kuchayishda davom etadi

Seshanba kuni Moskvada Rossiya harbiy maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat o‘zining jangovar salohiyatini yanada kuchaytirish niyatida ekanini aytdi va Rossiyani yanada kuchliroq qilishga va’da berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat potensial xavf va tahdidlarni hisobga olgan holda o‘z qurolli kuchlari salohiyatini rivojlantiradi.

“Ustuvor yo‘nalishlar qatorida qo‘shinlarni yangi qurol tizimlari bilan jihozlash ham bor”, — dedi Putin.

Mutaxassislarning eslatishicha, Rossiya yaqinda bir vaqtning o‘zida o‘n yoki undan ortiq jangovar kallaklarni olib yurishga qodir yangi “Sarmat” ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgan. Raketa joriy yilning oxirigacha Rossiya armiyasida xizmatga kirishi kutilmoqda.

Putin, shuningdek, fuqarolik sohasida Rossiyaga nisbatan joriy etilgan cheklovlar bilan bog‘liq ma’lum qiyinchiliklar mavjudligini, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasini yengib o‘tishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!