Putin Rossiya iqtisodiyoti o‘tgan yili ijobiy sur’at ko‘rsatganini aytdi

Putin Rossiya iqtisodiyoti o‘tgan yili ijobiy sur’at ko‘rsatganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat bilan iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, Putin, birinchi navbatda, iqtisodiyotdagi asosiy ko‘rsatkichlarni ham mamlakat, ham jahon bozorida muhokama qilishni taklif qildi. U o‘tgan yili bu boradagi haqiqiy sur’at ijobiy bo‘lganini ta’kidladi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, 11 oy davomida yalpi ichki mahsulot atigi 2,1 foizga qisqargan, yil yakunlari bo‘yicha esa u 2,5 foizga qisqarishi kutilmoqda.

Putin, shuningdek, agrosanoat va harbiy-sanoat komplekslaridagi o‘sish sur’atlarini alohida ta’kidlab, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ijobiy tendensiyani saqlab qolishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, ba’zi korxonalar kechayu kunduz ishlashga o‘tib, jiddiy sur’atga ega bo‘lgan.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti tashqi bozorga yo‘naltirilgan qator tarmoqlardagi vaziyatga e’tibor qaratgan. Xususan, yog‘ochni qayta ishlash sohasidagi vaziyat muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, Putin energiya resurslari mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarga qaramay, neft qazib olish taxminan ikki foizga oshgan. O‘z navbatida, gazning jahon narxlarining oshishi tufayli Rossiya korxonalari byudjetga to‘lovlarni o‘n foizga oshirgan.

Putin, shuningdek, ayrim hududlarda yarim kunlik ish va ish haqi bilan bog‘liq muammolarga ishora qilgan. Mahalliy hokimiyat va hukumatga bu boradagi vaziyatni to‘g‘rilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!