Putin: Rossiya Hindiston bilan imtiyozli strategik sheriklikni qadrlaydi

Putin: Rossiya Hindiston bilan imtiyozli strategik sheriklikni qadrlaydi

Rossiya Hindiston bilan imtiyozli strategik sheriklikka katta ahamiyat beradi.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindiston prezidenti Draupada Murmu va Bosh vazir Narendra Modiga Respublika kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrik telegrammasida aytib o‘tdi.

“Biz davlatlarimiz o‘rtasidagi imtiyozli strategik sheriklik munosabatlariga katta ahamiyat beramiz, – deyiladi tabrikda.

Putin barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Rossiya va Hindiston xalqlari manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!