Putin Perm maktabidagi otishmada halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Putin Perm maktabidagi otishmada halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Permdagi otishma haqida xabar berildi, u halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident bosh vazir Mixail Mishustinga sog‘liqni saqlash va oliy ta’lim vazirlari Mixail Murashko va Valeriy Falkovni qurbonlarga yordam berish uchun Permga yuborishni topshirgan.

Avvalroq, hukumat boshlig‘i vazirlarga zudlik bilan Permga uchishni buyurgandi. Voqea joyiga Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin ham borgan.

Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov o‘z o‘rinbosari Nikolay Shishkinni barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun yubordi, deb xabar beradi nazorat agentligi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!