Putin Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Putin Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida Rossiya rahbari Pashinyanni parlament saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi va unga yangi hukumat tuzish jarayonida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikkala tomon ham ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash uchun o‘zaro kelishuvni ko‘rsatdilar. Shuningdek, ular mintaqada sodir bo‘layotgan geosiyosiy o‘zgarishlarni muhokama qildilar va to‘qnashuvning barcha tomonlari tomonidan 2020 yil 9 noyabr va 2021 yil 11 yanvardagi uch tomonlama bayonotlar qoidalarini amalga oshirish zarurligini ta’kidladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!