Putin Moskvada Vitkoff va Kushner bilan uchrashuvda nimalarga e’tibor qaratdi?
Pavlyuchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Putinning Moskvada Vitkoff va Kushner bilan uchrashuvda aytganlari quyidagilar:
- Putin Ukrainani "mag‘lubiyatga yaqin" deb hisoblaydi va Rossiya 2027 yil yanvar-fevral oylariga qadar Donesk viloyati chegaralariga yetib borishi mumkin;
- Rossiya Donbass ustidan nazorat o‘rnatgandan so‘ng, diplomatik yo‘llar bilan Ukrainani "demilitarizasiya qilish" va "denazifikasiya qilish"ga intilish niyatida;
- Rossiya Ukrainaning uzoq masofali qurollar ishlab chiqarishiga qonuniy cheklovlar qo‘yishni talab qilmoqda;
- Putin Amerika razvedkasi go‘yoki frontdagi vaziyat haqidagi ma’lumotlarni buzib ko‘rsatayotganini aytdi;
- U AQShni Ukrainaga qurol va razvedka ma’lumotlarini yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
