Putin Merkelni guldasta bilan kutib oldi

Putin Merkelni guldasta bilan kutib oldi

Ushbu tashrif chog‘ida Angela Merkel kansler sifatida Vladimir Putin bilan so‘nggi bor muzokaralar o‘tkazadi. Ikki davlat rahbarining oldingi uchrashuvi 2020 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya hukumati rahbarining korteji “Vnukovo” aeroportidan darhol Moskva markaziga yo‘l olgan. U yerda Merkel Kreml devori yaqinidagi “Noma’lum askar qabri”ga gulchambar qo‘ygan.

Germaniya va Rossiya rahbarlarining muzokaralari, allaqachon, boshlangan va taxminan ikki soat davom etishi kutilmoqda. Qayd etish kerakki, Putin Merkelni Kreml saroyida guldasta bilan kutib olgan.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralardan keyin Merkel va Putinning qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, Germaniya kansleri darhol Berlinga uchadi.

Xabarlarga ko‘ra, Angela Merkel va Vladimir Putin turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladi, shuningdek, bir qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni ko‘rib chiqadi.

https://www.dw.com/ru/angela-merkel-pribyla-v-moskvu-dlja-peregovorov-s-putinym/a-58919097


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!