Putin Makronga: "Ukrainadagi harbiy operasiya har qanday holatda ham bajariladi"

Putin Makronga: "Ukrainadagi harbiy operasiya har qanday holatda ham bajariladi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga Rossiya Federasiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasi har qanday holatda ham bajarilishini aytdi.

Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralarni cho‘zish orqali vaqt o‘tkazishga urinishlar Rossiyaning muzokaralardagi pozisiyasi Kiyevga qo‘shimcha talablar qo‘yishiga olib kelishi ham ta’kidlangan.

Bundan tashqari, Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi faqat harbiy infratuzilmani vayron qilayotgani, Kiyev va boshqa shaharlarni bombardimon qilish haqidagi iddaolar yolg‘on ekanligi ta’kidlandi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti, shuningdek, «Kiyevning davlat siyosatida neonasistlarning muhim roli haqida asosli tushuntirishlar» berdi. «Ta’kidlanishicha, Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus operasiya davomida Rossiya urush jinoyatlarini sodir etayotgan, jumladan, harbiy texnikani turar-joylarga joylashtirish va tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanayotgan millatchi qurolli guruhlar jangarilariga qarshi murosasiz kurashni davom ettirish niyatida», — deyiladi xabarda.

Gap Ukrainaning demilitarizasiyasi va neytral maqomi haqida ketayotgani tasdiqlandi, toki Rossiya Federasiyasiga Ukraina hududidan hech qanday tahdid bo‘lmasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!