Putin Lukashenkoni g‘alaba bilan tabrikladi

Putin Lukashenkoni g‘alaba bilan tabrikladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoni saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Putin Belorus rahbariga yo‘llagan telegrammasida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli Rossiya-Belarus munosabatlarini yanada rivojlantirishga, Birlik davlati doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga, Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi va MDH orqali integrasiya jarayonlarini qurishga, shuningdek, harbiy-siyosiy aloqalarni rivojlantirishga umid qilayotganini ta’kidladi.

"Bu, shubhasiz, qardosh Rossiya va Belarus xalqlarining umumiy manfaatlariga mos keladi", — deb yozgan Putin.

Ma’lumot uchun, Belarus Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko saylovchilarning 80,23 foizini qo‘lga kiritgan, Svetlana Tixanovskaya uchun 574 ming kishi yoki 9,90 foiz ovoz bergan. Saylovchilarning 6,02 foizi barcha nomzodlarga qarshi ovoz berdi. Anna Kanopaskaya uchun 1,68 foiz, Andrey Dmitriyev 1,04 foiz va Sergey Cherechen uchun 1,13 foiz ovoz berildi.

Markaziy Saylov Komissiyasi ushbu natijalar o‘zgarishi amrimahol ekanligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!