Putin ketsa, Rossiyaning taqdiri nima bo‘ladi?

Putin ketsa, Rossiyaning taqdiri nima bo‘ladi?

NBC telekompaniyasi jurnalisti Kir Simmons Putindan 2036 yilgacha o‘z lavozimida qolish imkoniyatini beradigan Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartishlarni eslab, undan keyin Rossiyada nima bo‘lishini so‘radi.

Putin esa birinchi marta ish boshlagan 2000 yillarni esladi. «Mamlakat suverenitetini, hududiy yaxlitligini saqlash arafasida muvozanatlashayotgan, qashshoqlik chegarasidan past bo‘lgan fuqarolar soni ko‘p va bu ahvol halokatli edi. Endi ham muammolar juda ko‘p, ammo vaziyat umuman boshqacha. Bir kuni mening o‘rnimga boshqa prezident albatta keladi. Nega hammasi birdaniga barbod bo‘lishi kerak?» - deydi Putin.

«Siyosiy sahnada har xil qarashlarga ega turli odamlar paydo bo‘lishi boshqa masala. Bu yaxshi», - deb qo‘shimcha qildi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!