Putin karantinga ketishi mumkin

Putin karantinga ketishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin karantinga ketishi mumkin. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning atrofidagi aksariyat odamlar koronavirus bilan bemorlangan.
Putin bu haqda Kremlda paralimpiyachilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.
"Mening atrofimda kovid bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lmoqda. U yerda nimalar ro‘y berayotganiga aniqlik kiritish lozim. O‘ylashimcha, meni o‘zim tez orada karantinga ketaman. Atrofda ko‘p odamlar kasallanmoqda", - deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.

Iyul oyi boshida prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning davlat rahbari o‘z ishchi safarlari vaqtida koronavirusga chalinishi xavfi mavjudmi degan savolga javob berdi.
Kreml vakili so‘zlariga ko‘ra, Putinning barcha tashriflari epidemiologik talablarni hisobga olgan holda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot vaqtida RF prezidenti Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangani haqida xabar bergan edi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, emlangandan so‘ng unda bir oz harorat ko‘tarilgan, shuningdek, ukol qilingan joyda noqulaylik sezilgan.
Emlangandan so‘ng Putin bir necha kunga sport mashg‘ulotlaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!