Putin: "Evropa Ittifoqi iqtisodiy tomondan “o‘z joniga qasd qilmoqda”

Putin: "Evropa Ittifoqi iqtisodiy tomondan “o‘z joniga qasd qilmoqda”

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlarining energiya siyosatini iqtisodiy o‘z joniga qasd qilish deb atadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Shubhasiz, Rossiya energiya resurslari bilan birga iqtisodiy faollikni oshirish imkoniyati ham Yevropani tark etadi. Bunday iqtisodiy avto-da-fe, o‘z joniga qasd qilish, albatta, Yevropa davlatlarining ichki ishi”, deya ta’kidlagan Putin.

Ta’kidlanishicha, energiya narxlarining oshishi Yevropa sanoatining salmoqli qismining raqobatbardoshligini qaytarib bo‘lmaydigan darajada buzishi mumkin.

“Biz birinchi navbatda o‘z iqtisodiy manfaatlarimizdan kelib chiqib, pragmatik harakat qilishimiz kerak”, deya tushuntirdi Rossiya yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari Rossiya energiya manbalaridan voz kechish vazifasini qo‘ymoqda, biroq bu o‘z iqtisodiyotiga zarar yetkazishiga e’tibor bermayapti.

“Evropaliklar ochiq tan olishadi, ular hozircha Rossiya energetika resurslaridan butunlay voz kecholmaydi, energetika balansida Rossiya uglevodorodlari ulushi ayniqsa yuqori bo‘lgan Yevropa Ittifoqining ba’zi davlatlari buni uzoq vaqt davomida amalga oshira olmasligi aniq. Ular bizning neftimizni tashlab keta olmaydi”, dedi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!