Putin endi Kanadaga kiritilmaydi

Putin endi Kanadaga kiritilmaydi

Kanada hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putin, hukumat a’zolari va mamlakat harbiy qo‘mondonligi, shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan boshqa bir qator, jami mingga yaqin shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqlamoqchi.

Shimoliy Amerika davlati jamoat xavfsizligi vaziri Marko Mendisino Tvitter mikrobloglar tarmog‘idagi sahifasida (Roskomnadzor qarori bilan Rossiya Federasiyasida bloklangan) ma’lum qilganidek, Kanada Rossiya maxsus operasiyasi fonida Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. "Nomaqbul" ro‘yxatdagi barcha shaxslar allaqachon Kanada sanksiyalari ostida va endi kirishga ruxsat berilmaydi.

Buning uchun Kanada Senatiga Immigrasiya va qochqinlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga mamlakat rasmiylariga bunday taqiqni joriy etish imkonini beruvchi o‘zgartirish kiritish tashabbusi kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!