Putin bilan qo‘l berib so‘rashgan Moskvadagi bosh shifokorda ham koronavirus aniqlandi

Putin bilan qo‘l berib so‘rashgan Moskvadagi bosh shifokorda ham koronavirus aniqlandi

Moskvadagi Kommunarka kasalxonasining bosh shifokori Denis Prosenkoga koronavirus tashxisi qo‘yildi, deb Rossiya 24 xabar beradi.

Prosenko COVID-19 ga ixtisoslashgan o‘z kasalxonasida davolanmoqda, ahvoli qoniqarli.

Doktor Prosenkoning hamkasabalari uning kasalligi 40-sonli klinikaning ishlashiga ta’sir qilmaganini va o‘zlari doimiy ravishda koronavirus uchun tekshiruvdan o‘tkazilishini aytishdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kommunarkadagi ushbu tibbiy muassasaga tashrif buyurgan edi.

Vladimir Putin himoya kostyumida bosh shifokor Denis Prosenko hamrohligida yuqumli kasalliklar klinikasining ichki qismini ko‘zdan kechirdi va shifokorlar bilan suhbatlashgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!