Putin Bayden bilan uchrashuvda AQShning Markaziy Osiyodagi mavjudligiga qarshi chiqdi

Putin Bayden bilan uchrashuvda AQShning Markaziy Osiyodagi mavjudligiga qarshi chiqdi

Iyun oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Baydenga Rossiya va Xitoy AQShning Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi harbiy qo‘shinlariga qarshi ekanligini aytdi. Bu haqda The Wall Street Journal Amerika va Rossiya yuqori martabali rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Vladimir Putinning pozisiyasi shuni anglatadiki, Rossiya Afg‘oniston bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda AQSh bilan hamkorlik qilishdan ko‘ra, Markaziy Osiyoda hukmron bo‘lishni xohlaydi va mintaqadagi ta’sirini kengaytirish ehtimoli ko‘proq.

Gazeta ta’kidlaganidek, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida tuzilgan avvalgi kelishuvlar Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarda Amerika dronlari va boshqa aksilterror kuchlarini joylashtirishni qiyinlashtirdi. Bu davlatlarga kira olmagan holda, AQSh Fors ko‘rfazi arab davlatlaridagi bazalarga, shuningdek, Hind okeanida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining samolyot tashuvchilariga tayanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!