Putin AQShning Afg‘onistonda bo‘lishini xavfsizlik uchun foydali deb atadi

Putin AQShning Afg‘onistonda bo‘lishini xavfsizlik uchun foydali deb atadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, AQSh harbiylarining Afg‘onistonda bo‘lishi umumiy xavfsizlik uchun foydalidir.

«Biz boshidanoq Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistonda bo‘lishini qo‘llab-quvvatladik va o‘z paytida BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qaroriga ovoz berdik. Men hali ham amerikaliklarning Afg‘onistonda bo‘lishi bizning tashqi manfaatlarimizga zid kelmasligiga ishonaman", dedi davlat rahbari "Rossiya 1" telekanalida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh armiyasining Afg‘oniston hududidan chiqarilishi ko‘plab xatarlarga olib kelishi mumkin.

“Zero, shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiya mintaqadagi barqarorlikni saqlash uchun qo‘shimcha pul ajratishiga to‘g‘ri keladi”, dedi Putin.

Prezident, shuningdek, Rossiya tomoni amerikaliklarning Afg‘onistondagi faoliyatini antiterror sifatida qabul qilishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!