Putin Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishini qoraladi

Putin Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishini qoraladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbedagi KXSHT sammitida Afg‘oniston G‘arb qo‘shinlarining olib chiqib ketilishiga munosabat bildirdi.
“Afg‘onistondan AQSh va uning ittifoqchilari qo‘shinlarining, yumshoq qilib aytganda, shoshilinch olib chiqib ketilgandan va hukumat tepasiga toliblar harakati (“Tolibon” Rossiya va qator mamtakatlarda taqiqlangan - tahr.) kelgandan so‘ng biz darhol siz bilan KXSHTning navbatdan tashqari sammitida bu mamlakatda tubdan o‘zgargan vaziyat bilan bog‘liq xavf borasida fikr almashgan edik”, - dedi Putin onlayn chiqishi davomida.
Putin o‘shanda tashkilot a’zolari davlatlarning jipslashishi va yaqin muvofiqlik zarurligi borasidagi xulosani qo‘llab-quvvatlashganini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!