Putin 8 may kuni Emomali Rahmon bilan tojik-qirg‘iz mojarosini muhokama qiladi

Putin 8 may kuni Emomali Rahmon bilan tojik-qirg‘iz mojarosini muhokama qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va  Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 8 may  kuni  Moskvada  bo‘lib  o‘tadigan  uchrashuvda  Tojikiston  va  Qirg‘iziston  o‘rtasidagi chegaradagi vaziyatni muhokama qilishadi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Avvalroq  Tojikiston prezidenti matbuot xizmati Emomali Rahmon 9 may kuni  Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Qirg‘iziston va  Tojikiston chegarasidagi ziddiyat 29 aprelda boshlanib, ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. Ikkala tomondan 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi yaralandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!