Pul tayyor. Hech qanday muammo bo‘lmaydi – Ramatov So‘xda nimalar qilinishini aytdi

Pul tayyor. Hech qanday muammo bo‘lmaydi – Ramatov So‘xda nimalar qilinishini aytdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 31 may kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumani Chashma qishlog‘ida Qirg‘iziston fuqarolari bilan yuz bergan to‘qnashuvdan keyin Hukumat e’tibori tumanga qaratilgan.

Qisqa vaqt ichida So‘xni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Hozirda Hukumat a’zolari ushbu dastur bo‘yicha ishlarni belgilab olish uchun vodiyda bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov tumanda shu yilning o‘zida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda So‘x tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi "qalampir.uz".

Uning qayd etishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, So‘x tumanini rivojlantirish uchun 843 milliard so‘m ajratilishi mo‘ljallangan.

“Shu yilning o‘zida 288 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltirilib, 5,5 mingta yangi ishchi o‘rni yaratishga qaror qilindi. Bir hududga shuncha mablag‘ni qisqa muddatda ajratish va rejalarni amalga oshirish bu juda katta ish.

Asosiy muammolardan biri yo‘l masalasi. Umuman yo‘l yo‘q desayam bo‘ladi. Albatta biz yo‘l xo‘jaligini beton qoplamaga o‘tkazib, Rossiyaga keta olmay qolgan odamlarimizni ish bilan ta’minlash masalasini ko‘ryapmiz. Qo‘l bilan ishlaymiz va bu ko‘p vaqt turadi. Bu orqali mingga yaqin odamga ish topib beramiz”, dedi Ramatov.

Shu bilan birga, birinchi navbatda infratuzilmani yaxshi qilishga e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi.

“Suv, kanalizasiya masalalari, kabel, elektr... Avval shu ishlarni tugatib, keyin yo‘lni qilamiz. Hurmatli Bosh vazirimiz aytib o‘tdilar, pul tayyor. Hech qanday muammo bo‘lmaydiy. Bu ishlarni tezda qilamiz”, dedi Ochilboy Ramatov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!