"Pul bersang, jim bo‘laman": 34 yoshli erkak 60 yashar qarindoshiga tahdid qildi

"Pul bersang, jim bo‘laman": 34 yoshli erkak 60 yashar qarindoshiga tahdid qildi

Qoraqalpog‘iston. Joriy yilning 05 yanvar kuni soat 19:00 larda Amudaryo tumani, “Tosh qal’a” MFYda yashovchi 34 yoshli J.D. qarindoshiga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaligida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlaydigan 60 yoshli X.X.,ni ish faoliyatidan kamchilik topib, yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat qilish bilan qo‘rqitib, boshqa bir fuqaro orqali tovlamachilik yo‘li bilan 3.000.000 so‘m pul talab qilib, shundan 2.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtida Amudaryo tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Amudaryo tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra har bir fuqaroning xati-harakatlari qonuniy baho berilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!