Puerto-Riko yaqinida halokatga uchragan qayiqda kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Puerto-Riko yaqinida halokatga uchragan qayiqda kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Payshanba kuni Desecheo oroli yaqinidagi Puerto-Riko akvatoriyasida kemaning ag‘darilishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy El Nuevo Día gazetasi qutqaruvchilar ma’lumotlariga tayanib o‘z saytida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 31 kishi halokatdan qochishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan 11 nafari hozirda kasalxonaga yotqizilgan. Sohil xavfsizlik xizmati bortdagilarni qidirishni davom ettirmoqda, qayiqdagilarning aniq soni haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!