PSJ o‘zining yangi stadionini qurmoqchi

PSJ o‘zining yangi stadionini qurmoqchi

Bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan.

PSJ yangi stadion qurish uchun "Legends" va "Colliers" kompaniyalari bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.

Dastlab Fransiya chempionlari "Park de Prens"ni sotib olib, uning sig‘imini oshirmoqchi edi. Biroq Parij meri Ann Idalgo stadion sotilmasligini aytdi. Shundan so‘ng PSJ o‘z arenasini qurishga qaror qildi.

"Legends" avvalroq "Tottenxem", "Real", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublarida ishlagan. Har ikki kompaniyaning birinchi vazifasi – Parijda yangi stadion qurish uchun joy topish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!