«PSJ» «Real» tomon qarshi hujumga o‘tgani ma’lum bo‘ldi

«PSJ» «Real» tomon qarshi hujumga o‘tgani ma’lum bo‘ldi

«Real» o‘tgan mavsum davomida "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan paytda, parijliklar ham jim o‘tirishmagani ma’lum bo‘ldi.

«Pari Sen-Jermen» madridliklar yarim himoyachisi Vinisius Juniorni yo‘ldan urishga harakat qilgan. Jamoa 2021 yilning noyabr oyidan boshlab 2022 yilning mart oyiga qadar 21 yoshli futbolchini o‘z jamoasi bilan shartnomani uzaytirmaslikka ko‘ndirishga urinib kelgan.

«PSJ» Vinisiusga 40 mln yevro yillik maosh, turli mukofotlar va’da qilgan. Ammo braziliyalik bu takliflarga uchmadi shekilli, u "Real" bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi. Yangi shartnoma orqali uning maoshi 3,2 million yevrodan 10 mln yevroga oshadi.

Vinisiusning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!