"PSJ" qachon Messiga yangi shartnoma taklif qiladi?

"PSJ" qachon Messiga yangi shartnoma taklif qiladi?

"PSJ" hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda, deb xabar beradi GOAL.

Manbaning xabariga ko‘ra, Messiga Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng Parij klubi bilan yangi shartnoma taklif qilinishi haqida allaqachon xabardor qilingan. Qayd etilishicha, shartnoma amaldagi maosh bilan ikki yilga mo‘ljallangan. Hujumchining o‘zi "PSJ"da qolishga qarshi emas va klub argentinalik futbolchining klubda bo‘lishida moliyaviy foyda ko‘radi.

Manba, shuningdek, Messining 2023 yilning yozida “Inter Mayami”ga o‘tishi yoki “Barselona”ga qaytishi ehtimoli bu klublarning argentinalikka qiziqishiga qaramay, dargumon ekanligini aytadi.

35 yoshli argentinalik futbolchi 2021 yilning avgustida "PSJ"ga o‘tgan va fransuz klubi safida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 29 ta golga assistentlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!