«PSJ» Nike bilan yangi rekord darajadagi shartnomaga yaqin turibdi

«PSJ» Nike bilan yangi rekord darajadagi shartnomaga yaqin turibdi

«PSJ» Nike bilan shartnomani besh yilga uzaytirishga yaqin turibdi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, Parij klubi yiliga taxminan 100 million yevro oladi.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar 2024/25 yilgi mavsum oxirida Luis Enrike qo‘l ostidagi jamoaning Chempionlar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng boshlangandi. O‘shanda «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi rahbariyatga 1989 yildan buyon parijliklarning texnik hamkori bo‘lgan Nike bilan hamkorlik shartlarini qayta ko‘rib chiqishni topshirgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

L’Équipe ma’lumotlariga ko‘ra, parijliklar Amerika kompaniyasi bilan hamkorlikni yana besh mavsumga — 2037 yilgacha uzaytirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Shu tariqa, yangi bitim amaldagi shartnoma muddati tugashiga olti yil qolganda imzolanadi.

Amaldagi shartnomaga ko‘ra, Parij klubi Nike’dan yiliga taxminan 60 million yevro oladi, yangi bitim esa har yili taxminan 100 million yevro keltiradi.

Ushbu kelishuv tufayli «PSJ» eng daromadli hamkorlik shartnomalariga ega klublar qatoriga kiradi. Bu ro‘yxatdagi yetakchilardan biri 2024 yil noyabrida Nike bilan hamkorlikni 2038 yilgacha uzaytirgan «Barselona» bo‘lib qolmoqda. Ispaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bitimning umumiy qiymati taxminan 1,7 milliard yevroni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.