"PSJ" Messi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

"PSJ" Messi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

"PSJ" Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Klub argentinalik futbolchidan juda mamnun, deya xabar beradi AS L'Equipe nashriga tayanib.

Tez orada parijliklar 2023 yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. "PSJ" yangi shartnoma imzolanishiga ishonch bildirmoqda.

Avvalroq, "Barselona" Messini kelasi yozda "PSJ"dan ketganidan keyin erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Biroq hozircha futbolchi va Kataloniya klubi o‘rtasida muzokaralar olib borilmayapti. Futbolchi bor e’tiborini to‘liq “PSJ”ga qaratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!