Psixolog ruhiy tushkunlikning uchta belgisini aytdi

Psixolog ruhiy tushkunlikning uchta belgisini aytdi

Kayfiyatning tushishi, harakatning kamayishi va fikrlashning buzilishi odamda depressiya rivojlanayotganini ko‘rsatadigan uchta asosiy belgidir. Bu haqda psixolog, psixologiya fanlari nomzodi Sofya Sulim ma’lum qildi.

Depressiya bilan, odam uzoq vaqt davomida g‘amgin va tushkunlikda yuradi.

Harakatning kamligi, odamning odatiy ruhiy holatda bo‘lgani kabi jismoniy faol bo‘lolmasligini anglatadi.

“Yana bir belgi – fikrlashning buzilishi, odam bir narsaga, odatda salbiy narsaga berilib qoladi, bunda hech qanday xilma-xillik, variantlar yo‘q. U yaxshi narsalarni ilg‘ashi qiyin. U ko‘proq e’tiborni o‘ziga yetishmayotgan narsaga qaratadi”, deya qo‘shimcha qildi Sulim.

Psixologning ta’kidlashicha, depressiya ko‘pincha surunkali stress yoki ruhiy zo‘riqish natijasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!