Prezidentning kitobi chiqdi: aholi sotib olishga majburlanmoqda, maddohlar mukofotlanadi

Prezidentning kitobi chiqdi: aholi sotib olishga majburlanmoqda, maddohlar  mukofotlanadi

Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblarini aholi orasida targ‘ib qilish va tarqatish bo‘yicha navbatdagi kampaniya boshlandi. Hokimiyat davlat xizmatchilari va talabalar o‘rtasida yaqinda, mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan nashr etilgan kitobni tarqatmoqda.

Prezidentlik kitobi: "Mustaqillik — bizning baxtimiz" Turkmaniston davlat muassasalari va korxonalari xodimlari hamda talabalar tomonidan sotib olinishi kerak.

Bundan tashqari, alohida hududlar hokimiyati prezident ijodini targ‘ib qilish maqsadida aholini rag‘batlantirish choralarini ko‘rmoqda.

"Azatlik" ma’lumotlariga ko‘ra, Lebap viloyatida madaniyat arboblariga davlat rahbarining yangi ijodini madh etuvchi musiqiy asarlar yaratish topshirig‘i berilgan. G‘oliblarga mukofot va’da qilingan, ular davlat mustaqilligining navbatdagi yubileyida taqdim etiladi.

Ayni paytda Lebap viloyat universitetlarida talabalarga prezidentning yangi kitobini yod olish tavsiya etiladi. Rag‘batlantirish sifatida talabalarga 100 manat pul mukofoti va’da qilingan. (Turkmaniston Markaziy banki kursi bo‘yicha 28,5 dollar).

Davlat matbuoti xabariga ko‘ra, kitob uchta tilda - turkman, ingliz va rus tillarida nashr etilgan bo‘lib, mamlakat mustaqillik yillarida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan.

Bu Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan shu yili nashr etilgan ikkinchi kitob. Shu yilning may oyida mamlakat poytaxtining 140 yilligiga bag‘ishlangan "Ashxobodning oq shahri" kitobi nashr etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!