Prezident topshirig‘i: respublikada tozalik va ozodalik oyligi o‘tkaziladi

A A A
Prezident topshirig‘i: respublikada tozalik va ozodalik oyligi o‘tkaziladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 15 oktyabrdan e’tiboran butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi boshlanadi. Oylik davomida barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, volontyorlar, yosh eko-faollar ishtirokida turli tozalik aksiyalari, plogginglar tashkil etiladi. Barcha tashkilotlar rahbarlari, xususan, Ekologiya vazirligi rahbariyati ushbu tadbirlarida shaxsiy namuna sifatida faol ishtirok etadi.

Bundan tashqari, ayni damda Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil qilinmoqda. Bu shtablar tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharlarda qat’iy ekologik nazorat o‘rnatiladi hamda jamoatchilikka kundalik ma’lumot berib boriladi.

Qolaversa, oylik davomida ekologik huquqbuzarliklarga qarshi doimiy reyd tadbirlari amalga oshiriladi. Vazirlik tomonidan respublikaning barcha hududlariga onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu kameralar nazorati yanada kuchaytiriladi.

Diqqat! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 yanvardagi 5-son Farmoniga ko‘ra, hududlarni tozalashga mas’ul bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘z vazifalarini bajarmaganligi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi uchun javobgarlikka tortiladi. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Ekologiya vazirligi barchani tozalik oyligida faol ishtirok etishga, duch kelgan joyga chiqindi tashlamaslikka, ogohlikka chaqiradi. Atrof-muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga guvoh bo‘lsangiz, Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 telefon raqamlari, 1157, 1207 qisqa raqamlari yoki @ecogovuz_bot orqali xabar bering!

Sizning murojaatingiz siz uchun muhim!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Trampni Eronga qarshi boshqa hujumlar uyushtirmaslikka chaqirdi

Бу ҳақда Axios нашри манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Rossiyada oltindan qimmat mineral topildi

Россиялик олимлар Хибин тоғ тизимидаги Киров конидан илгари фанга номаълум бўлган янги минерални аниқланган.

Prezident ta’tildan uyiga qaytayotganda avtohalokatga uchradi

Бу ҳақда президент девони маълум қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъ