Prezident ta’lim muassasalari agentligi 300 nafardan ziyod pedagoglarni o‘qitib, xalqaro sertifikat taqdim etdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi 300 nafardan ziyod pedagoglarni o‘qitib, xalqaro sertifikat taqdim etdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil etildi.
Xabaringiz bor, kecha Prezidentimiz ta’lim sifatini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdilar va ushbu yig‘ilishda ilg‘or xalqaro tajriba va standartlar asosida maktablar muallimlarining malakasini oshirib borish zarurligi ta’kidlandi.
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchidan bilimga asoslangan ma’lumotlardan ko‘ra, amaliyot ko‘nikmalari talab etilmoqda. Shunday ekan, sifatli ta’lim tizimini tashkil qilish uchun malakali ustozlarga ehtiyoj bor.
O‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan bu kabi tadbirlar yangi tashkil etilgan Prezident maktablari o‘qituvchilari uchun tajriba almashinish maydoni bo‘ldi. Hafta davomida o‘tkazilgan treninglar pedagog kadrlarning Prezident maktablarida Cambridge Assessment dasturidan samarali foydalanishini ta’minlashda ko‘maklashadi.
Shuningdek, bu treninglar pedagoglarga zamonaviy metodikalar bilan tanishish va yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlarida ham yordam beradi.

Agentlik pedagoglari uchun tashkil etilgan mazkur o‘quv-trening haftaligi ularning ish tajribasida ko‘makchi bo‘ladi.
8 kun davom etgan o‘quv-seminarlarida ishtirok etgan barcha pedagoglarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro Cambridge dastrularini o‘qitish bo‘yicha sertifikatlari taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!