Prezident: “Rossiya "majburiyatlarini bajarmaydigan sherik"

Prezident: “Rossiya "majburiyatlarini bajarmaydigan sherik"

Estoniya prezidenti Kercti Kalyulayd Rossiyani Tallin uchun "eng qiyin sherik" deb biladi. Uning fikricha, Moskva go‘yo xalqaro majburiyatlarini bajarmaydi. Bu haqda u “EurActiv” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Sir emaski, Rossiya xalqaro hujjatlardagi o‘z imzosiga ahamiyat bermaydi..." deydi Estoniya rahbari. Shuningdek, u bu borada jiddiy xavflar mavjudligini ta’kidladi.

Kalyulaydning aytishicha, Rossiya Tallinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmaydi, chunki "NATO ittifoqchilarini 100% himoya qila oladi". Biroq, uning qayd etishicha, Estoniya hatto "eng qiyin sheriklar" bilan ham muloqot qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!