Prezident qarori bilan COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi

Prezident qarori bilan COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi

✍? “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

? Qaror bilan “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasi parametrlari tasdiqlandi.

? Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish uchun sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishdan iborat. 

? Loyihaning umumiy qiymati 106 757,1 ming dollarni tashkil etadi. 

? Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) kreditidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.

☑️ XTU kreditidan samarali foydalanishni monitoring qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.

? Loyiha doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sotib olinadigan tibbiy buyum, tibbiy texnika va jihozlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

❗️Loyiha doirasidagi mablag‘lar hisobidan ishsizlik bo‘yicha nafaqalarning manzilli ajratilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!