Prezident muhokamalarda faol ishtirok etgan barchaga chuqur minnatdorchilik bildirdi

Prezident muhokamalarda faol ishtirok etgan barchaga chuqur minnatdorchilik bildirdi

Ayni daqiqalarda Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda 2022 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasining muhokamasi jarayonida aholidan 17 mingdan ziyod taklif kelib tushgani, ularning barchasi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganilib, dastur loyihasi 300 dan ortiq yangi tashabbus bilan to‘ldirilgani ma’lum qilindi.

"Odamlarimizning dastur muhokamasidagi faolligi, ularning islohotlarga bo‘lgan ishonchi va daxldorligi ortib borayotgani xalqimiz yurtimizdagi o‘zgarishlar jarayonini, tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlayotganidan yana bir bor dalolat beradi", dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari muhokamalarda faol ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchilik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!