Prezident maktablari o‘quvchilari A-Level' imtihonlarida eng yuqori natijani qo‘lga kiritishdi

Prezident maktablari o‘quvchilari A-Level' imtihonlarida eng yuqori natijani qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning may-iyun oylarida bo‘lib o‘tgan A-level imtihonlarining natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Prezident maktablari o‘quvchilari juda yuqori ko‘rsatkich qayd etishdi, deya xabar bermoqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati.

Xususan:
- Namangan shahridagi Prezident maktabida esa kimyo fanidan 100%,
- Toshkent shahridagi Prezident maktabida matematika fanidan 96%, biologiya fanidan 94%,
- Nukus shahridagi Prezident maktabida matematika va fizika fanlaridan 87 foizlik sifat ko‘rsatkichi qayd etildi.

Abdul Hameed, Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi:

- Buyuk Britaniyada o‘quvchilar A-level dasturi asosida 13 yil ta’lim oladilar. Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchilari esa 2-3 yil ichida A* darajasini qo‘lga kiritishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!