Prezident Jo Bayden AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi

Prezident Jo Bayden AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi

AQSh rahbari Jo Bayden mamlakatning O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi sifatida uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Henik nomzodini ko‘rsatdi.

Oq uy buni 20 may kuni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Amerika ovozi” nashri.

Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniyel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi. Henik to‘liq tasdiqlanguncha Rozenblum vazifasida davom etadi.

Nyu-Yorkda ulg‘aygan Henik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat edi. U, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo‘nalishda uzoq yillar xizmat qilgan, bu boradagi dasturlarga bosh-qosh bo‘lgan.

Ayni damda Henik AQSh Mudofaa universitetining Kiber xavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining mas’ulidir. Diplomat dezinformasiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkir mutaxassis sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!