Prezident: «Hokimlar, vazirlar, bosh vazir o‘rinbosarlari vertikali ishlamayapti»

Prezident: «Hokimlar, vazirlar, bosh vazir o‘rinbosarlari vertikali ishlamayapti»

Ayni vaqtda o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayotgan ayrim tarmoq va hudud rahbarlarini tanqid qildi:

«Birinchi chorakda «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, «O‘zbekneftgaz» — 4,7 foizga, charm mahsulotlari — 10 foizga pasaygan.

So‘nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin?

Shuningdek, 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,1 trillion so‘mga kamaygan», — dedi davlat rahbari.

Tabiiy gaz qazib chiqarish 1,7 foizga kamaygani oqibatida 600 ming tonna sement, 55 ming tonna mineral o‘g‘it, 330 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlari ta’minlanmagan.

Ikkinchi chorakda 9 milliard kub metr tabiiy hamda 165 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Issiqlik elektr stansiyalariga «O‘zbekgidroenergo» AJ bilan birga sanoat tarmoqlari, tadbirkorlik sub’ektlari va aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun ikkinchi chorakda jami 15,5 milliard kilovatt elektr ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!