"Prava" almashtirish mashmashasi. Muammo nimada?

"Prava" almashtirish mashmashasi. Muammo nimada?

So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun tashrif buyuruvchi fuqarolar oqimi oshgan. Bu esa, DXMlarda uzun navbatlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Muammo nimada?

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati masalaga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 5.793.000 nafar haydovchilarning 3.600.000 nafari haydovchilik guvohnomasini almashtirgan. Shundan 2 mln.dan ortiq haydovchining guvohnomasi almashtirilmagan.

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabr.

❗️2022 yil 1 yanvardan boshlab, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Haydovchilarga yordam berish va muammoni yechish uchun mas’ullar nima choralarni ko‘rdi?

Birinchidan, milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlari Davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratildi (https://t.me/davxizmat/7406);

ikkinchidan, fuqarolarimiz haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun ro‘yxatdagi Davlat xizmatlari markazlarig (https://t.me/davxizmat/7087)a dam olish kunlari (shanba va yakshanba, ! bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 15:00 gacha ham murojaat qilishlari uchun sharoit yaratildi;

uchinchidan, DXMlar orqali "prava" almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoni berildi;

to‘rtinchidan, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmatidan foydalanish uchun DXMlarga tashrif buyuruvchilar oqimi katta bo‘lganligi sababli, Toshkent shahridagi DXMlarda erta tong soat 7.00dan boshlab FAQATGINA haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Qolgan xizmatlar, odatdagi rejimda soat 9.00dan boshlab ko‘rasitladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!