Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

«Keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar o‘zlarini himoyalashlari nihoyatda muhim», — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Hokimlik bunday sharoitda aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron hududlaridan juda issiq havo kirib kelishi hisobiga 24−26 iyul kunlari O‘zbekistonda havoda issiq ko‘tarilishi haqida xabar berilgan edi (https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/23/weather/). Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan +4…+6 daraja yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo harorati +41…+44 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda +45…+46 darajagacha isiydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!