Portugaliya terma jamoasi JCH-2026da Ronalduga "boykot" e’lon qilgani uchun tanqid qilindi

Portugaliya terma jamoasi JCH-2026da Ronalduga "boykot" e’lon qilgani uchun tanqid qilindi

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Yuriy Jorkayeff Portugaliya terma jamoasi futbolchilarini jahon chempionati davomida bor mas’uliyatni Krishtianu Ronalduning zimmasiga yuklab qo‘yishga uringanlikda tanqid qildi.

Jorkayeffning fikricha, jamoaning boshqa yulduzlari kerakli paytda tashabbusni o‘z qo‘llariga ola bilishmagan.

"Bu Portugaliya terma jamoasida, ularning butun iqtidoriga qaramay, menga yoqmagan jihat — hamma go‘yoki mas’uliyatni Krishtianuga ag‘darishga harakat qilgani bo‘ldi. Qaysidir pallada Vitinya, Brunu Fernandesh va boshqalar ham mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari kerak edi. Krishtianu hamma narsani bir o‘zi bajarishini kutib o‘tirish yaramaydi. U o‘yin taqdirini hal qilishi kerak bo‘lgan yagona futbolchi emas. Agar siz Krishtianu Ronalduni tarkibga oldingizmi, jamoa Krishtianu Ronaldu uchun o‘ynashi kerak, ammo bu yerda umuman bunday bo‘lmadi. Unga o‘z jamoasi boykot e’lon qilgani yaqqol ko‘rinib turdi. Unga uzatmalar berishmadi va u uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishmadi", — deya ma’lum qildi Jorkayeff.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026da Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida beshta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliyaliklar musobaqaning 1/8 final bosqichida Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норве