Poplik 26 yoshli ayol «Sirdaryo»ga cho‘kib ketdi

Poplik 26 yoshli ayol «Sirdaryo»ga cho‘kib ketdi

Joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 15:30larda Namangan viloyatining Pop tumanidagi Uyg‘ur mahallasida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan A. D ismli fuqaro Mirzaorol mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi «Sirdaryo» daryosiga texnika xavfsizligiga rioya etmaganligi hamda ehtiyotsizlik oqibatida tushib daryoda cho‘kib ketgan.
Bu haqida voqea yuz berganidan yarim soat o‘tib, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi. Viloyat FVB qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi hamda Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Shu joyning o‘zida dastlabki suv osti va suv usti qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi.


Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Qahramon Sattorovning ma’lum qilishicha, ayni paytda ham qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi va Pop tumani FVB yong‘in-qutqaruv guruhidan 20 nafar xodim hamda bir qator ko‘ngillilar tomonidan hodisa yuz bergan joyda suv osti va suv ustida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ota-onalardan farzandlarini tez oqar kanal, daryo va ko‘l atroflarida nazoratsiz qoldirmaslikni, bolalar hayotiga zomin bo‘lmasliklarini so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!