Pop tumanida 90 million so‘mlik pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

A A A
Pop tumanida 90 million so‘mlik pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan DXX, IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Namangan muntazam” YPX nazorat maskanida muqaddam sudlangan I.S. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, fuqaro I.S. avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 14 390 quti “Treniya” nomli 89,1 mln so‘mlik pirotexnika vositalarini Samarqand shahriga o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!