Pomidor organizmni saratondan himoya qiladimi?

Pomidor organizmni saratondan himoya qiladimi?

Qizil pomidorda oziq moddalari ko‘p va undan tayyorlangan tomat sharbati va souslar ham salomatlik uchun foydali.

Pomidor-nafaqat tetiklantiruvchi va mazali tabiiy gazak, balki tanaga mador beruvchi mahsulot hamdir. Portugaliya sog‘liqni saqlash tadqiqotlari va innovasiyalar instituti pomidor antioksidantlarga boy degan xulosaga keldi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Likopen - asosan, qizil pomidor tarkibidagi modda - kuchli antioksidantdir. Likopen saraton kasalligini oldini olish uchun zarur va eng muhimi, bu modda issiqlik bilan qayta ishlov berilgan pomidorlarda - masalan, souslarda, pomidor sharbatida yoki quritilgan pomidorlarda ko‘p bo‘ladi.

Bundan tashqari, pomidor tarkibida V, YE va S vitaminlari, kalsiy, temir, magniy, kletchatka va pektin kabi moddalar bor.

Pomidorda S vitamini ham mavjud. Likopin bilan birgalikda ushbu vitamin yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

“Likopin tufayli immunitetning himoya qiluvchi hujayralari faollashadi”, deydi shifokor-parhezshunos, diyetolog va nutrisiologlar Milliy Assosiasiyasi a’zosi Natalya Kruglova Sputnik radiosiga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!