Polshada Rossiya elchisiga hujum qilishdi

Polshada Rossiya elchisiga hujum qilishdi

Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreevga Varshavadagi sovet jangchilariga qabristonida gulchambar qo‘yishga urinish paytida hujum qilishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Rossiya elchisi va uning hamrohligidagi diplomatlarga qizil bo‘yoq sepishgan. Tajovuzkor kayfiyatidagi polyaklar va ukrainlar uning yo‘lini to‘sib, haqorat qilishgan. Voqeadan so‘ng Andreev qabristonni polisiya xodimlari hamrohligida tark etishga majbur bo‘lgan. Keyinroq u jiddiy jabrlanmaganini ma’lum qilgan.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu voqeaga munosabat bildirdi.

“Neonasizm ishqibozlari yana bir bor o‘z yuzlarini ko‘rsatishdi – va u qonli. Ikkinchi jahon urushi qahramonlari haykallarini buzib tashlash, qabrlarni tahqirlash, endi esa har bir nomusli kishi uchun muqaddas bo‘lgan kunda gul qo‘yish marosimini barbod qilish va busiz ham oshkor narsa – G‘arbda fashizmni tiklash yo‘li tanlangan”, - deb yozdi u o‘zining telegram kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!